«ikkilamchi bozor» tegli maqolalar


Toshkentda 1 yil ichida ikkilamchi bozordagi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli 20 foizga oshdi — ITIM
22 fevral 2024, 12:35

Toshkentda 1 yil ichida ikkilamchi bozordagi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli 20 foizga oshdi — ITIM

Toshkentdagi uy-joylarning ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxi bir yilda deyarli 20 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotida. Yanvarda ikkilamchi uy-joylar o‘rtacha narxi kvadrat metri uchun 1122 dollarni tashkil etdi. Bektemir, Sergeli va Yashnobodda narxlar biroz oshdi.

2023-yilda O‘zbekistonda avtomobil savdosi 18 foizga, xususan, elektromobilniki 4,3 baravarga oshdi
18 yanvar 2024, 11:58

2023-yilda O‘zbekistonda avtomobil savdosi 18 foizga, xususan, elektromobilniki 4,3 baravarga oshdi

O‘zbekistonda 2023-yilda 1,69 mln dona avtotransport vositasi sotildi, bu 2022-yilga nisbatan 18 foizga ko‘p. Elektromobillar savdosi 4,3 borabarga oshib, 25,7 mingta elektrokarni tashkil etdi. Elektromobillarning 71 foizi poytaxtda sotildi.

Noyabrda poytaxtning 10 ta tumanida uy-joy ijarasi narxi pasaydi — ITIM
18 dekabr 2023, 12:56

Noyabrda poytaxtning 10 ta tumanida uy-joy ijarasi narxi pasaydi — ITIM

Noyabr oyida Toshkentda uy ijarasining o‘rtacha narxi 2,1 foizga pasayib, kvadrat metri uchun 9,3 dollarni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Poytaxtning 10 ta tumanida ijara narxi tushgan, bunda eng arzon hududlar Sergeli va Bektemir bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonda oktabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamaydi — ITIM
23 noyabr 2023, 16:02

O‘zbekistonda oktabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamaydi — ITIM

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda oktabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamayganini ma’lum qildi. Mamlakatda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning 51 foizdan ortig‘i Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi
15 may 2023, 10:16

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi

I chorakda O‘zbekiston aholisining ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabi yuqoriligicha qoldi, deyiladi Markaziy bank hisobotida. Bu davrda jami 3 trln 260 mlrd so‘mlik kreditlar berilgan. Yangi binolarda uy-joy sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi esa kamaygan, ikkilamchi bozorda uch baravarga ko‘paygan.

Ikkinchi chorakda uylar narxi o‘sishi sekinlashdi. Sabablar
15 iyul 2022, 09:49

Ikkinchi chorakda uylar narxi o‘sishi sekinlashdi. Sabablar

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yuqori faollik ikkinchi chorakda ham davom etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, aprel-iyun oylarida ikkilamchi ko‘chmas mulk narxlari 2 foizga, yangi binolardagi kvartiralar 2,4 foizga oshgan.

Avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi ortidan bozorda yuqori o‘sish kuzatildi
15 fevral 2022, 16:21

Avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi ortidan bozorda yuqori o‘sish kuzatildi

2022 yil yanvar oyida 113,2 ming dona (2021 yanvariga nisbatan 126,4% ko‘p) avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunday o‘sishga 1 yanvardan avtomobillarni sotib olganlik uchun yig‘imning to‘liq bekor qilinishi va oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirishda undiriladigan davlat boji BHMning 3 barobarigacha kamaytirilishi sabab bo‘lgan.

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish davom ettiriladi
2 fevral 2022, 11:41

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish davom ettiriladi

2022 yilning birinchi choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln dollar miqdorida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtiriladi. «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ o‘z faoliyatini tiklab, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni davom ettiradi.

Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar nima uchun ko‘tarildi
28 oktabr 2021, 23:28

Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar nima uchun ko‘tarildi

Ikkilamchi bozorda ko‘pgina avtomobil modellarining narxi sezilarli darajada oshdi. Narxlarning keskin o‘sishi yangi mahalliy avtomobillarni ishlab chiqarishning sekinlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu holat «ikkinchi qo‘l» avtomobillariga bo‘lgan talabni oshirib yubordi.

Spot: Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar sharhi
13 sentabr 2021, 10:17

Spot: Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar sharhi

Avgust oyida Toshkent shahridagi ikkilamchi bozorda turar joy narxlari har kvadrat metr uchun o‘rtacha 7,5 mln so‘mni tashkil qildi, birlamchi bozorda — 8,4 mln so‘m.

O‘zbekiston ipoteka bozoridagi vaziyat qanday?
12 avgust 2021, 10:04

O‘zbekiston ipoteka bozoridagi vaziyat qanday?

Markaziy bank 2021 yilning birinchi yarmida ipoteka bozoridagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. Unga ko‘ra, oxirgi yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha qoldiqlar 25,2 foizga — 30,8 trln so‘mga qadar oshdi, muammoli ipoteka kreditlari qoldiqlari ham 4 barobardan ko‘proqqa o‘sib, 480 mlrd so‘mga yetdi. Har oltinchi kvartira ipoteka asosida sotib olinmoqda. Ikkilamchi bozorda ipoteka kreditlari keskin ko‘paydi.

Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar qanday va ularga nima ta’sir qiladi — ITIM sharhi
24 noyabr 2020, 15:24

Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar qanday va ularga nima ta’sir qiladi — ITIM sharhi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining aniqlashicha, ikkilamchi bozor hajmi yiliga taxminan 2 milliard dollarni tashkil etgan holda, har yili 400−500 mingga yaqin oldi-sotdi shartnomalari amalga oshiriladi. ITIM ekspertlari ikkilamchi avtomobil bozordagi avtomobillarning narxlariga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish bo‘yicha amaliy tadqiqot o‘tkazdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting